TOSHKENT SHAHAR
TURIZM VA MADANIY MEROS
BOSH BOSHQARMASI

Noyob topilmalar: Fayoztepa

6-May, 2021-yil 10:08

. . .

Noyob topilmalar: Fayoztepa

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda tashkil etilgan bo‘lib, muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻyicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Poytaxtimizda joylashgan muzey zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorlik saqlanib kelmoqda. Bugun ushbu muzeyning eksponatlari orasidan joy olgan Fayoztepa yodgorligi haqida so‘zlab beramiz.

Termizning buddaviylikka oid hashamatli inshooti Qoratepadan shimolda, shahar devorlari tashqarisida joylashgan Fayoztepadir. Yodgorlik me'moriy-tarh tuzilmasining umumiy tahlili ko‘rsatishicha, chamasi, u eng ilg‘or me'mor va quruvchilarni jalb etgan holda yagona rejaga asosan bunyod etilgan. Me'morlar va buddaviylik jamoasining ko‘zlagan maqsadiga ko‘ra ibodatxona uch me'moriy bo‘limdan iborat yagona bino bo‘lishi kerak bo‘lgan, mazkur bo‘limlarning vazifalari avvaldan loyihaga kiritilgan. Binoning umumiy uzunligi 117 metrga, kengligi 34 metrgateng bo‘lgan.

Ibodatxona tarhi Baqtriya uchun xos - hovli atrofi bo‘ylab xonalar va ayvonlar joylashgan. Bino markaziy qismining shimolida ulkan stupa joylashgai. Ibodatxona devorlarining pastki qismi paxsa g‘ishtlardan qurilgan, balandligi yarim metr atrofida bo‘lgan, tepa qismi esa to‘rtburchak xom g‘ishtlardan qurilgan. Inshootlarning to‘sin tashlangan tekis tomlari gumbaz bilan yopilgan.

Ibodatxona majmuasi o‘zagining markaziy qismi to‘g‘ri to‘rtburchak ayvonli hovli va uning atrofi bo‘ylab joylashgan 20 ta xonadan iborat. Ayvon ustunlari attika uslubida taroshlangan tagsupalarga o‘rnatilgan. Ayvon devorlari va ibodatgohga kirish yo‘li joylashgan janubi-g‘arbiy qismi boy mavzuli rasmlar bilan bezatilgan. Ibodatxona ayvonining ushbu qismida tomonlari 6x6,1 m ga teng maxsus ibodatgoh joylashgan. Ibodatgoh devorlarida qora rangga bo‘yalgan janubi-g‘arbiy qismidan tashqari, mavzuli rangtasvir chizilgan. Ibodatgohning janubi-sharqiy qismida oq aylanalar ustida tik turga ikki Budda tasviri, ular yonida uch ayol, ehtimol, donatrisalar tasviri jolashan. Shimoli-g‘arbiy devorda faqatgin pastki qismi saqlanib qolgan to‘qqizta odamlar tasvirlangan. Mutaxassislarnish fikricha, ushbu kompozisiya markazida Kushon shohi Kanishka tasvirlangan bo‘lishi ehtimol.

Ibodatgoxda Budda va bodxisatvalarni loy-ganchdan yasalgan haykallari o‘rnatilgan bo‘lgan. Ibodatgoh «yuragi», hech shubhasiz, yaxlit oq ohaktoshdan taroshlangan tilla suvi yuritilgan muqaddas bodxi daraxti ostidagi Budda, uning ikki tomonidan nazari «Buyuk ustozga» qaratilgan tik turgan rohiblar tasviri tushirilgan gorel'ef tasvirdir. Butun kompozisiya korinf tipidagi ustun qoshli pilyastralarga tayangan ravoq ichiga joylashgan. Budda qo‘llari «dx'yana-mudra» - «mulohaza» ishorasini anglatadi. Ushbu uchlikni yaratgan haykaltaroshning yuqori darajadagi kasbiy mahorati umumiy kompozisiyani aks ettirishda, tasvirlash texnikasida va muhimi, Buddaning osoyishtalik va ma'naviy xotirjamlik holatidagi klassik tasvirini ifodalashda ko‘rinadi. Lablarda mayin tabassum, solinchaklari cho‘zilgan quloqlar, sochlar boshning tepa qismida tutam qilib qo‘yilgan va ip bilan o‘ralgan, qoshlar orasida, peshonada - urna. Iloh tanasida sangxata yopinchig‘i. Fayoztepadagi gorel'ef ikonografiyasining Hindiston buddaviyligiga oid tasviriy san'at bilan bevosita o‘xshashligi yo‘q. Mazkur asar baqtriyalik, ehtimol, Tarmita-Termizdan chiqqan, Gandxara buddaviylik haykaltaroshlik maktabi an'analari bilan yaxshi tanish bo‘lgan haykaltarosh tomonidan taroshlangan, deb taxmin qilishga asos beradi.

Ushbu Budda va rohiblar tasviri tushirilgan tosh rel'ef ibodatgoh janubi-g‘arbiy devori markazidagi baland bo‘lmagan supaga o‘rintilgan. Ehtimol, shu sababli ham bu devor ibodatxonaning qolgan uch devoridan farqli o‘laroq. qora rangta bo‘yalgan. Qadimgi pardozchilar markazida Budda tasviri joylashgan haykaltaroshlik kompozisiyasining keskin qora rang bilan uyg‘unlashuvidagi farqni va u beradigan taassurotni yaxshi anglashgan. Haykal janubiy devor yonida shunday joylashtirilganki. ibodatxonaga kiruvchilar nazari shu ondayoq «Buyuk ustoz»ning sirli chehrasiga tushgan va shu orqali diniy daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga erishilgan.


www.facebook.com www.instagram.com www.visittashkent.uz

. . .

Other news

"Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidan o’rin olgan tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil et

"Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidan o’rin olgan tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

9-Sentabr, 2022-yil 11:47

Bayram arafasida Toshkent sirk san'atkorlari ishtirokidagi bayram shoulari tomoshabinlarni kutmoqda.

Toshkent davlat sirkida O'zbekiston mustaqilligiga bag'ishlangan "Yulduzli Mustaqillik" bayram dasturi bo'lib o'tadi.

26-Avgust, 2022-yil 11:24

Toshkent shahrida “Pepsi Music Fest 2022” festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida “Pepsi Music Fest 2022” festivali bo‘lib o‘tadi

26-Avgust, 2022-yil 10:39